SINOMedical Travel +998 78 707 07 05

Tibbiy turizm · Toshkent

Xorijda davolanish — birinchi qo‘ng‘iroqdan uyga qaytguncha yoningizdamiz

Tashxisingizni o‘rganamiz, Turkiya, Koreya, Xitoy, Hindiston, Germaniya va O‘zbekiston klinikalaridan mosini topamiz, hujjat va safarni tayyorlaymiz.

  • Davolanish uchun to‘lov — to‘g‘ridan-to‘g‘ri klinikaga
  • Narx va muddat — faqat klinikaning yozma javobidan keyin
  • Viloyatdan bo‘lsangiz ham — hammasi telefon va Telegram orqali

Bepul maslahat oling

Qoldiring — koordinator qo‘ng‘iroq qilib, savollaringizga javob beradi.

+998

Yoki hoziroq yozing:

Qaysi davolanish bo‘yicha yordam beramiz

Yo‘nalishni tanlang — koordinator aynan shu bo‘yicha qo‘ng‘iroq qiladi.

Neyroxirurgiya

Umurtqa churrasi, bosh va orqa miya o‘smalari, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya.

Jigar va transplantatsiya

Jigar kasalliklari, sirroz, jigar transplantatsiyasi va donor tekshiruvi.

Onkologiya

Tashxisni aniqlash, ikkinchi fikr, operatsiya, kimyo- va nur terapiyasi.

Kardiologiya

Yurak tekshiruvi, stentlash, shuntlash, yurak ritmi buzilishlari.

Ortopediya

Tizza va chanoq-son bo‘g‘imini almashtirish, sport jarohatlari.

Check-up

Butun organizmni to‘liq tekshirish va shifokor xulosasi.

Qanday ishlaymiz

Arizadan uyga qaytguncha — bitta koordinator bilan.

  1. Ariza va qo‘ng‘iroq

    Koordinator qo‘ng‘iroq qilib, tashxis va bor hujjatlar haqida so‘raydi.

  2. Klinikalarga so‘rov

    Tibbiy hujjatlaringizni mos klinikalarga yuboramiz.

  3. Yozma smeta

    Klinika davolash rejasi va narxini yozma yuboradi, biz tushuntirib beramiz.

  4. Safarga tayyorgarlik

    Chipta, turar joy, transfer va tarjimonni kelishib olamiz.

  5. Davolanish va qaytish

    Davolanish paytida aloqadamiz, uyga qaytgach ham holatingizni so‘raymiz.

Davolanish mamlakatlari

Turkiya Janubiy Koreya Xitoy Hindiston Germaniya O‘zbekiston

Pul klinikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri

Davolanish uchun to‘lov bizning hisobimizdan o‘tmaydi — klinikaga o‘zingiz to‘laysiz.

Faqat tasdiqlangan shartlar

Narx va muddatni klinika yozma tasdiqlagandan keyingina aytamiz.

Hujjatlarni o‘zimiz yig‘amiz

Tahlil va xulosalarni to‘plab, klinikaga kerakli ko‘rinishda yuboramiz.

Har doim aloqada

Safar, davolanish va qaytishda koordinator siz va yaqinlaringiz bilan.

Ko‘p beriladigan savollar

Maslahat pullikmi?

Yo‘q, maslahat va klinika tanlash bepul. Davolanish uchun klinikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘laysiz.

Davolanish qancha turadi?

Narx tashxis, klinika va davolash usuliga bog‘liq. Hujjatlaringizni ko‘rgan klinika yozma smeta yuboradi — undan oldin narx aytmaymiz.

Qanday hujjatlar kerak?

Bor tahlillar, MRT yoki KT natijalari, shifokor xulosalari. Hammasi bo‘lmasa ham ariza qoldiring — nima yetishmasligini aytamiz.

Viloyatdanman. Toshkentga kelishim shartmi?

Shart emas. Hamma narsani telefon va Telegram orqali hal qilamiz, hujjatlarni suratga olib yuborishingiz mumkin.

Tahlillaringiz bormi? Ko‘rsating — qayerda davolanish mumkinligini aytamiz

Ariza qoldiring yoki Telegram’da yozing. Ish vaqti: du–ju 9:00–18:00, sh 10:00–16:00.

Ariza qoldirish